Obyekt — bu o‘zgaruvchilarning to‘plami bo‘lib, har bir o‘zgaruvchi xossa (property), har bir funksiyasi esa metod (method) deb ataladi.
JavaScript-da obyektlar real hayotdagi narsalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, odam, mashina yoki kitobning ma’lumotlarini obyekt sifatida yaratish mumkin.
let odam = {
ism: "Jasurjon",
yosh: 20,
kasb: "Dasturchi"
};
console.log(odam.ism); // "Jasurjon"
console.log(odam["yosh"]); // 25
✅ xossa (property) — ism
, yosh
, kasb
✅ Qiymatlar (values) — "Jasurjon"
, 20
, "Dasturchi"
new Object()
bilan obyekt yaratishlet kitob = new Object();
kitob.nomi = "JavaScript Asoslari";
kitob.muallif = "Douglas Crockford";
kitob.yil = 2008;
console.log(kitob.nomi); // "JavaScript Asoslari"
Obyekt ichida funksiya yaratish mumkin. Bunday funksiyalar metod deb ataladi.
let odam = {
ism: "Jasurjon",
yosh: 20,
salom: function() {
console.log("Salom! Men " + this.ism + "man.");
}
};
odam.salom(); // "Salom! Men Jasurjonman."
✅ this
— obyektning o‘ziga murojaat qiladi.