JavaScript orqali HTML elementlarini o‘zgartirish va foydalanuvchi harakatlariga javob berish mumkin. Bu jarayonda DOM hodisalari (Events) muhim rol o‘ynaydi.


1. HTML elementlarini o‘zgartirish

JavaScript yordamida matn, rang, stil va atributlarni o‘zgartirish mumkin.

1.1 Matnni o‘zgartirish

document.getElementById("demo").textContent = "Salom, Jasurjon!";
<p id="demo">Matnni o‘zgartiramiz</p>
<button onclick="document.getElementById('demo').textContent = 'Salom, Jasurjon!'">O‘zgartirish</button>

1.2 CSS uslublarini o‘zgartirish

document.getElementById("demo").style.color = "red";
document.getElementById("demo").style.fontSize = "20px";

1.3 Rasmni o‘zgartirish

document.getElementById("img").src = "new-image.jpg";

2. Hodisalar (Events)

Hodisalar — foydalanuvchi yoki brauzer tomonidan sodir bo‘ladigan harakatlar.

Hodisa Tavsifi
click Tugmani bosish
mouseover Sichqoncha ustiga kelganda
mouseout Sichqoncha ustidan ketganda
keydown Tugma bosilganda
keyup Tugma qo‘yib yuborilganda

3. Hodisalar bilan ishlash

3.1 click hodisasi (Bosish)

document.getElementById("btn").addEventListener("click", function() {
    alert("Tugma bosildi!");
});
<button id="btn">Meni bos</button>