JavaScriptda ma'lumot turlari (data types) dasturlashda ishlatiladigan asosiy ma'lumotlarni ifodalaydi. JavaScript dinamik tarzda terilgan til bo'lib, ya'ni o'zgaruvchilarning ma'lumot turini avvaldan belgilash shart emas. Ma'lumot turlari ikkita asosiy guruhga bo'linadi: primitive (oddiy) va non-primitive (murakkab) ma'lumot turlari.


1. Primitive (Oddiy) Ma'lumot Turlari

Primitive ma'lumot turlari faqat bitta qiymatni saqlaydi va ularga havola (reference) orqali emas, balki qiymat (value) orqali murojaat qilinadi.

1.String (Matn)

Matnli ma'lumotlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Matnlar ""'' yoki ``` (backtick) orasida yoziladi.

let name = "Ali";
let greeting = 'Salom';
let message = `Mening ismim ${name}`; // Template literals
console.log(message); // "Mening ismim Ali"

2. Number (Raqam)

Butun sonlar va kasrli sonlarni ifodalash uchun ishlatiladi.

let age = 25;
let price = 99.99;
console.log(age + price); // 124.99

3. Boolean (Mantiqiy qiymat)

Faqat ikkita qiymat qabul qiladi: true (rost) yoki false (yolg'on).

let isStudent = true;
let isWorking = false;
console.log(isStudent); // true
console.log(isWorking) // false

4. undefined

O'zgaruvchi e'lon qilingan, lekin qiymat berilmagan holatda undefined bo'ladi.

let x;
console.log(x); // undefined

5. null

Qasdan qiymat yo'qligini ifodalash uchun ishlatiladi.

let y = null;
console.log(y); // null

6. BigInt