JavaScriptda shart operatorlari dasturimizning qanday ishlashini shartlar asosida boshqarish uchun ishlatiladi. Ular orqali biz dasturimizning turli qismlarini ma'lum shartlar bajarilganda yoki bajarilmaganda ishga tushirishimiz mumkin. Asosiy shart operatorlari: ifelseelse if va switch


1. if Sharti

if sharti berilgan shart true (rost) bo'lganda kod blokini bajaradi.

Sintaksis:

if (shart) {
    // Shart true bo'lganda bajariladigan kod
}

Misol:

let age = 20;

if (age >= 18) {
    console.log("Siz kattasiz!"); // Shart true bo'lgani uchun bajariladi
}

2. else Sharti

else sharti if sharti false (yolg'on) bo'lganda bajariladi.

Sintaksis:

if (shart) {
    // Shart true bo'lganda bajariladigan kod
} else {
    // Shart false bo'lganda bajariladigan kod
}

Misol:

let age = 15;

if (age >= 18) {
    console.log("Siz kattasiz!");
} else {
    console.log("Siz hali kichkinasiz!"); // Shart false bo'lgani uchun bajariladi
}

3. else if Sharti

Agar birinchi shart false bo'lsa, else if yordamida boshqa shartlarni tekshirish mumkin.

Sintaksis:

if (shart1) {
    // Shart1 true bo'lganda bajariladigan kod
} else if (shart2) {
    // Shart2 true bo'lganda bajariladigan kod
} else {
    // Barcha shartlar false bo'lganda bajariladigan kod
}