Array bu bir nechta elementlarni tartib bilan saqlash uchun mo'ljallangan. Misol uchun, do'kondagi mahsulotlar ro'yxati, sinfdagi o'quvchilar ismlari yoki kunlik rejalaringiz ro'yxati.
Misol:
let mevalar = ["olma","banan","apelsin"];
Bu yerda mevalar
ro'yxati 3 ta mevani saqlayapti: olma, banan va apelsin.
Har bir elementning o'ziga xos tartib raqami (indeksi) bor. Indekslar 0 dan boshlanadi. Misol uchun:
mevalar[0]
→ "olma"mevalar[1]
→ "banan"mevalar[2]
→ "apelsin"Bu xudim qatordagi odamlarning tartib raqamiga o'xshaydi: birinchi odam, ikkinchi odam, uchinchi odam...
Array nechta elementdan iborat ekanligini bilish uchun .length
dan foydalanamiz.
Misol:
console.log(mevalar.length); // 3
Bu xudim sinfda nechta o'quvchi borligini sanashga o'xshaydi.